Prezidentning oilasi ham Qo‘qonga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Qo‘qon shahrida I Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimi o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali marosimda ishtirok etish uchun Farg‘onaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 

Tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning oilasi – turmush o‘rtog‘i, mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, o‘g‘li, qizlari – Saida Mirziyoyeva va Shahnoza Mirziyoyeva, kuyovlari – Oybek Tursunov va Otabek Umarov, qolaversa, nabiralari ham Qo‘qonga tashrif buyurgan. 

Ayni vaqtda festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov festivalning tantanali yurishida otda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

I Xalqaro hunarmandchilik festivali

Baholaganlar

1625

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing