Prezident Farg‘onaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2019
5350Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident Qo‘qon shahrida bu yil birinchi marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Tantanali ochilish marosimi Qo‘qon markazidagi Xudoyorxon o‘rdasi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbari, shuningdek, hududda ish boshlagan sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishi, viloyat faollari, ziyolilar bilan muloqot qilishi ham kutilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023