Ziroat Mirziyoyeva Lola Murotova bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari ham I Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimini tomosha qilish uchun kecha, 14 sentyabr kuni Qo‘qonga borgani haqida xabar bergan edik.

Asli qo‘qonlik bo‘lgan mamlakatning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva O‘zbekiston Qahramoni, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Ne’matovna Murotova bilan uchrashgan. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi. 

Lola Murotova O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan mukofotlandi. 

Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovaga “O‘zbekiston Qahramoni” mukofotini topshira turib, u haqda shunday degan edi: 

“Men Farg‘onaga borsam, albatta, Lola opamning yoniga boraman. Nima bo‘ladi bu yil Lola opa deb so‘rayman. G‘alla va paxta rejalarini eng og‘ir yillarda ham bajaradilar. Nimaga? Bu insonda Vatanga nisbatan yuraklarida shunday mehr-muhabbat borki, bu to‘g‘risida gapirsangiz adog‘i yo‘q. Mana shu oddiyliklari, samimiyliklari o‘zbek ayolining timsoli, namunasi”.


Maqola muallifi

Teglar

Ziroat Mirziyoeva I Xalqaro hunarmandchilik festivali Lola Murotova

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing