Shavkat Mirziyoyev ertaga Farg‘onaga boradi

Jamiyat

image

Ertaga, 14 sentyabr kuni Qo‘qon shahrida I Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlashi kutilmoqda. 

Tantanali ochilish marosimi Qo‘qon markazidagi Xudoyorxon o‘rdasi maydonida bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda marosimga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Kecha, 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirokida hunarmandlar shaharchasi ochildi va ko‘rgazmalarga start berildi. 

I Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida 12-13 sentyabr kunlari ilmiy-amaliy anjuman ham bo‘lib o‘tdi. 

Shu yerda Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Kadda Kadumining kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qo'qon I Xalqaro hunarmandchilik festivali

Baholaganlar

84

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing