Yong‘inga chidamli uy qanday materiallardan quriladi?

Jamiyat

image

Bugungi kunda har qanday inson uy xarid qilayotganda yoki qurdirayotganda uning qulayligi, suv, gaz, elektr energiyasi ta’minotiga ulangani kabi qulayliklari bilan qiziqadi. Ammo uy tanlayotganda yana bir jihat borki bu yuqoridagi qulaylik sharoitlaridan muhim bo‘lsa muhimki, undan kam emas. Bu uyning xavfsizligi, uning issiq-sovuq havoga, yog‘ingarchiligu, zilzilaga va yong‘in chiqqanda olovga bardoshliligidir.

Uyning zilzila va yong‘inga chidamli bo‘lishi ko‘p tomondan uning qurilishida foydalanilgan materiallarga bog‘liq. Hozirgi vaqtda yong‘inga chidamli qurilishi materillari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan kecha, 28 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida “Yong‘inga chidamli materiallar yaratishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldoshev, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sirojiddin Zayniyevich Mirzayev, “O‘zkimyosanoat” AJ Toshkent kimyo texnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti direktori, kimyo fanlari doktori, akademik Abdulahad Turobovich Jalilov, FVV Fuqaro muhofazasi instituti professori, texnika fanlari doktori, professor Baxtiyor Abduhafforovich Mavlonqoriyev, FVV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi ilmiy-texnik ta’minlash markazi boshlig‘i polkovnik Sobir Mirzayevich Jo‘rayev, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori, kimyo fanlari doktori Ravshan Isroilovich Ismoilov ishtirok etdi. Bundan tashqari qator aloqador tashkilotlardan ham vakillar qatnashdi.

Anjumanda xavfsizlikni ta’minlashda asosiy o‘rinni qurilish materiallarning o‘tga chidamliligi egallashi ta’kidlandi. Bu asos soluvchi omil loyiha ishlab chiqishda va qurilishning barcha bosqichlarida, poydevor qo‘yishdan ohirgi pardozlash ishlarigacha, inobatga olinishi shart ekani qayd etildi.

Turli materiallarning o‘tga chidamlilik ko‘rsatkichlari asosiy shaharsozlik SHNK 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” hujjatida keltirilgan.

Qayd etilishicha, mutlaqo olovga bardoshlilik darajasi bilan mineral xom ashyolari tavsiflanadi. Yonmaydigan xususiyatlar va olovga yuqori bardoshlilik darajasi xususiyatiga, aksariyat qurilish materiallar sifatida ishlatiladigan tabiiy tosh, g‘isht, beton qorishmalari, asbotsementlar va oynadan yasalgan materiallar ega. Tarkibida organik komponentlariga ega bo‘lgan va maxsus termokimyo ishlov berilmagan materiallar, yaqin atrofida yong‘in o‘chog‘i hosil bo‘lganda xavf manbaiga aylanishi mumkin.

Har bir mahsulot turi sertifikatga (yoki sinov protokoli) ega va unda tegishli bo‘lgan xavflilik guruhning aniq ko‘rsatgichlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Anjumanda shunday mahsulotlarning ba’zilariga to‘xtalib o‘tildi:

Gipsokarton

Qalinligi 8-12 mm bo‘lgan standart gipsokarton plitasi bevosita ochiq olov ta’siriga 15-20 minut davomida bardoshli bo‘lib, so‘ngra uning yemirilish jarayoni boshlanishi mumkin.

Sendvich panellar

Sendvich panellarning olovga bardoshliligini butligicha tavsiflab bo‘lmaydi; ular qanday materiallardan tayyorlanganligi aniqlanishi kerak. Masalan, po‘lat tunukali va qalinligi 150 mm bo‘lgan poliuretanli isitkich qatlamli plitasi 30 daqiqa, shu kabi qalinligida isitgich qatlami ko‘pikli polistirolidan bo‘lgan plitasi esa 15 daqiqa davomida olovga bardosh bera oladi.

Gazli va ko‘pikli betonlar.

Gazli va ko‘pikli beton materiallari yaxshi olovga bardoshlik xususiyatga ega. Agarda, 120 daqiqa davomida ochiq alanga bilan shunday beton plitalaridan yasalgan devoriga ta’sir etilsa ham, ular zaharli gaz va tutun ajratmasdan o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi.

Polikarbonat

Mumkatak plastiklar minimal yonuvchanlik va alangani tarqalish hamda mo‘tadil alangalanuvchi xususiyatiga ega.

Ondulin

Material bitum bilan shimdirilgan karton va barcha kelib chiqadigan oqibatlar asosida ishlab chiqilgan. Uning tarkibida mineral qo‘shimchalarning mavjudligiga qaramay, ondulin yonishga chidamsiz bo‘lib, yong‘in vaqtida yuqori xavfga ega.

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot faoliyatini, sertifikatsiyalash, sinash, litsenziyalash, yong‘inlarni tadqiq va ekspertiza qilish tizimlarini, shuningdek, moddiy-texnik bazasini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha masalalar hamda yirik o‘lchamdagi qurilish konstruksiya fragmentlarini sinovdan o‘tkazish uchun kompleks qurilishi ko‘zda tutilgan.

Rejalashtirilayotgan kompleks o‘zining turida Markaziy Osiyoda yagona bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, kompleks faoliyati mamlakatda qurilish yong‘inga qarshi me’yorlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlanishiga va innovatsion, raqobatbardosh hamda xavfsiz, shuningdek, o‘tga chidamli qurilish materiallarini yaratishga ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

12

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing