Toshkentdagi kafeda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
27 dekabr
2164Bugun, 27 dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi kafeda yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 00:08 da Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 00:13 da yetib borib, soat 00:23 da yong‘in qurshab olinib, soat 00:40 da o‘chirilgan.
“Hozirda yong‘in sababi va keltirgan zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida yashash uyining 120 m kvadrat maydonida shift tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr