Eyfel minorasida yong‘in chiqdi

Olam

image

Bugun, 24 dekabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in signalizatsiyasi chalinganidan so‘ng mehmonlar evakuatsiya doirasida Eyfel minorasini tark etgan.

“Eyfel minorasida 24 dekabr kuni liftdagi qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng, mehmonlar evakuatsiya qilindi”, deyiladi telekanal xabarida.

Ma’lum qilinishicha, yodgorlikning ikkinchi qavatida texnik nosozlik yuzaga kelgan va bu mahalliy vaqt bilan 10:50 da yong‘in signalining chalinishiga sabab bo‘lgan.

Tashrif buyuruvchilarning hech biri xavf ostida qolmagan. Hudud tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalikka yopilgan.

Shuningdek, xabarda minora texnik xodimlari o‘t o‘chiruvchilar bilan birgalikda hodisa sabablarini aniqlashga harakat qilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Eyfel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing