Qora qamishda yongan kafe yarim soat deganda o‘chirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar,r Olmazor tumani Qora qamish dahasida joylashgan "Shabboda" milliy taomlar kafesida yong‘in chiqqani, alanga oqibatida kafe atrofi o‘rab olinib, ko‘chada avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati mazkur yong‘in tafsilotlarini ma’lum qildi. 

Unda qayd etilishicha, yong‘in soat 20:41da kelib chiqqan. O‘t ketishi oqibatida kafening ichki va tom qismi 350 kv metr maydoni yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 20:49da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 21:08 qurshab olinib, soat 21:18da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in, olovdan extiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

QALAMPIR.UZ’ning aniqlashicha, yong‘inda gaz balloni bo‘lgan Cobalt avtomobili portlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing