Gulnora sog‘mi? Ombudsmanning aytgani advokatnikiga to‘g‘ri kelmayapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) joriy yilning iyun oyida Toshkent viloyatida Zangiota tumanida joylashgan umumiy rejimdagi ayollar koloniyasida bo‘lib, 2017 yildan buyon bu yerda saqlanayotdan mahukumalardan tushgan 203 ta murojaatni o‘rgangan.

Ombudsman tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi, sobiq O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova bilan ham uchrashgan.  Bu haqda Ombudsmanning rasmiy saytida xabar berilmoqda. 

"Suhbat chog‘ida u (G.Karimova) e’tibor va o‘z vaqtida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun tashkilotning tibbiyot xodimlariga alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘rganishlar davomida muassasa tomonidan Gulnora Karimovaning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya va ginekologiya sohasida yetakchi mutaxassislar jalb qilingani qayd etildi. Shuningdek, alohida tibbiy ko‘riklar IIV markaziy gospitalida amalga oshirilgan. Gulnora Karimova shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, tizimli asosda kerakli tibbiy preparatlarni qabul qilmoqda. Bugungi kunda uning salomatligm umumiy jihatdan qoniqarli va sog‘lom ovqatlanish ratsioni tashkil etilgan", deyiladi xabarda. 

Mazkur xabar bugun, 23 iyun kuni e’lon qilindi. Holbuki, bundan bir hafta avval Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari - Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Toshkentga kelgani, Zangiotadagi koloniyada bo‘lgani va mijozining ahvoli og‘irligini yozgandi.

“Zangiotadan qaytyapman. Mijozim yomon ahvolda. Qon bosimi yuqori. Oyog‘i to‘la bog‘langan. Hech qanday tibbiy muolaja yo‘q. Bir necha marta hushini yo‘qotdi. Hukumatga asosiy savolim: Zangiota, nega va qachongacha?”, degan savol bilan murojaat qilgandi Manja. 

Manja Hukumatning navbatdagi sukutidan keyin Zangiotadagi koloniyaga tashrifi davomida yuzlab mahbus ayollarni ko‘rgani, ammo biror marta ham himoyachilarni uchratmaganini aytib chiqdi.

“Zangiotaga so‘nggi 4 marta borgan vaqtimda yuzlab mahbus ayollarni ko‘rdim. Ammo u yerda o‘sha ayollarni himoya qiladigan, ularning qancha jazo muddati qolgani, qamoqdagi huquqlari va muddatidan avval shartli ozod bo‘lish imkoniyatlari haqida ularga axborot beradigan advokatlarni biror marta ham uchratmadim”, degan Greguar Manja.

Eslatib o‘tamiz, bugun Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasining so‘nggi olti yil ichidagi ilk murojaatini e’lon qilgan edi. Unda Karimova qilgan xatolari uchun xalqdan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing