“Bu munosabatlar juda muhim”. Rubio Samarqandga tashrifi haqida gapirdi

Jamiyat

−

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq biznes vakillari bilan birga O‘zbekistonga kelmoqda. Ertaga, 19 oktyabr kuni u Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari bilan C5+1 formatidagi sammitda qatnashadi. Rubio aynan nega hozir Samarqandga kelayotganini aytdi. Bu haqda u safar uchun samolyotga chiqishi arafasida jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.

“Bu nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi boshqa to‘rtta mamlakat hamdir. Bu juda muhim munosabatlar. Demak, bilasizmi, e’tibordan chetda qoladigan narsalardan biri — bu strategik tashriflarimiz. Xabaringiz bor, har doim inqiroz, muammo bo‘lgan yoki qandaydir konferensiya o‘tkazilayotgan joylarga tashrif buyuramiz. Lekin munosabatlarimizni rivojlantirishni istaganimiz uchun borishni xohlaydigan mamlakatlarimiz ham bor. Bir necha hafta oldin Gretsiya va shunga o‘xshash boshqa joylarga borganimizda ham shunday qilgan edik. Undan bir necha hafta oldin esa Lotin Amerikasiga, endi esa Markaziy Osiyoga keldik. Shunday qilib, barcha beshta rahbar va besh mamlakatning barcha beshta tashqi ishlar vazirini bir joyga jamlash uchun aynan shu sana to‘g‘ri keldi”, deydi Rubio.

Eslatib o‘tamiz, Rubio Samarqanddan keyin Mumbay (Hindiston) va Jamnagar (Hindiston) shaharlariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

AQSH Davlat kotibi Samarqandda C5 guruhiga kiruvchi barcha mamlakatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasining yuqori lavozimli rasmiylari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu tashrif davomida Rubio 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSH tijorat delegatsiyasiga boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing