Mirziyoyev va Rahmon Dushanbeda konsert tomosha qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston davlat rahbari Imomali Rahmon o‘zbek-tojik san’at ustalari ishtirokidagi konsertni tomosha qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Dushanbe shahridagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” bo‘lib o‘tgan. Ikki davlat yetakchilari konsertni birgalikda tomosha qilgan.

"Ikki mamlakat san’at ustalarining bunday konsertlari xalqlar o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlikni ifodalovchi yaxshi an’anaga aylangan. Zero, mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va samimiy intilishidir. Bugun ushbu orzu-intilishlar hayotga ko‘chmoqda, mamlakatlar yetakchilarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi. Iste’dodli san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlarda xalqlar madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi o‘z ifodasini topgan", deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Dushanbe Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing