To‘qayev Masjid an-Nabaviyni ziyorat qildi
Olam
−
19 iyul 2023 6996 1 daqiqa
“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga borgan Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrifni Islom olamining ikkinchi muqaddas ziyoratgohi – Madina shahridagi Muhammad al-Masjid an-Nabaviy masjidini ziyorat qilishdan boshladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yerda Qozog‘iston rahbari Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabrlarini ziyorat qilgan.
“Qozog‘iston rahbariga bo‘lgan alohida hurmat belgisi sifatida Payg‘ambarimiz dafn etilgan joy uning ziyorati uchun ochildi”, deb yozmoqda Prezident Matbuot xizmati.



Qosim-Jomart To‘qayev ertaga, 20 iyul kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sammitda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga borgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ham tashrifni Makkadan boshlab, Umra ziyoratini amalga oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa ushbu sammitda ishtirok etish uchun kecha, 18 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahriga jo‘nab ketgan edi.
Live
Barchasi