Moozy ochildi
Biznes
−
08 iyun 2023
10503Bolaning salomatligi, jismonan baquvvat bo‘lishi va tez toliqib qolmasligi uning kundalik turmush tarzi va oziqlanishi bilan bir qatorda, qanday poyabzal kiyishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Tanada aylanayotgan qon tomirlarini siqib qo‘ymagan, endigina rivojlanayotgan suyaklarning noto‘g‘ri o‘sishiga olib kelmaydigan oyoq kiyimini topish biz o‘ylaganchalik oson ish emas. Ya’ni, bejirim va yaltiroq ko‘ringan hamma poyabzal ham bolaning oyoqlari salomatligini ta’minlamaydi, aksincha, u harakatlanish uchun bir vosita bo‘la oladi, xolos.
Poytaxt Toshkentda bolalarga atalgan sog‘lom oyoq kiyimlar galereyasi – Moozy o‘z ish faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida xalqimiz ardog‘idagi taniqli shaxslar, san’atkorlar, blogerlar, xususan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora, Malika Egamberdiyeva, Shirin Zoitova, Umidaxon, Dilso‘z, boshlovchilar Shoira Mirsodiqova, Shahlo Zoirova, Oyxon Iforzoda farzandlari bilan ishtirok etdi.
Ahamiyatli jihati shundaki, Moozy rahbariyati tadbirga ota-onalar uchun emas, aynan bolalarning ismi yozilgan taklifnomalarni yo‘lladi. Bu esa nafaqat aksariyat, balki barcha mehmon bolajonlarning hayoti davomida shunday yirik marosimga olgan ilk taklifnomasi bo‘ldi.
Masalan, Moozy ma’muriyati xonanda Dilso‘zning farzandlari Dilso‘z, Safina va Muhammad Salohga taklifnoma yo‘llab, ularda tadbirga oyisi bilan kelishni so‘radi. Shuningdek, xonanda Shirin Zoitovaning qizi Yasmin, boshlovchi Oyxon Iforzodaning qizi Zebo ham tashkilotchilarning ra’yini qaytarmay, tadbirga onasini olib keldi.
Moozy ma’muriyati va poyabzallarning mualliflari mehmon bolajonlar va ularning ota-onalariga har bir oyoq kiyim haqida to‘liq ma’lumot berib, poyabzallarni shu yerning o‘zida sinab ko‘rish hamda ochilish munosabati bilan 20 foizlik chegirma bilan sotib olish imkoniyatini taqdim etdi.
Yopiq ochilish marosimiga taklifnomasiz kirish mumkin emas edi. Biroq galereya atrofida uning ochilishini kutgan va kirib, mahsulotlar bilan tanishmoqchi, xarid qilmoqchi bo‘lgan odamlar shu qadar ko‘payib ketdiki, Moozy ma’muriyati do‘konni shu kunning o‘zidayoq ochishga va umumiy savdolarni boshlashga majbur bo‘ldi. Faxriy mehmonlar, taklifnoma bilan tashrif buyurganlar uchun belgilangan 20 foizlik chegirma esa do‘konga kirib, xarid qilmoqchi bo‘lgan boshqa xaridorlar, taklifnomasiz mehmonlarga ham amal qildi.
Katta qiziqish uyg‘otgan ochilish marosimidan so‘ng, Moozy ma’muriyati 20 foizlik chegirma muddatini yana 10 kun davom etishini belgiladi.
Siz Moozy galereyasidan 300 ga yaqin dizayndagi qizlar va o‘g‘il bolalar oyoq kiyimlarini topishingiz mumkin. Har bir poyabzalning 19 dan 36 gacha bo‘lgan o‘lchamlari mavjud. Bundan tashqari, Moozy yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun rang-barang poyabzallarni taqdim etadi.
Odatda bolalar uchun topish mushkul bo‘lgan oyoq kiyimlar ham aynan Moozy’da: kichik yoshdagi qizlarga poshnali poyabzallar, maktab poyabzallari, krossovkalar, mokasinlar va albatta O‘zbekiston jaziramasiga mos va xos yozgi sandallar.
Maxsus bayram oyoq kiyimlari esa Moozy’ning bolalar uchun eksklyuziv tuhfasidir.
Shoshiling! Moozy’ga tashrif buyuring va 17 iyunga qadar davom etadigan 20 foizlik chegirmaga ulgurib qoling. Chegirmalar har bir oyoq kiyim uchun amal qiladi va birdaniga 3 ta poyabzal olgan xaridorlarga maxsus sovg‘a bor.
Moozy’ni Instagram’da kuzating
Onlayn-do‘konda mahsulotlar bilan tanishing
Aloqa uchun: +99890 830-20-23
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi 88-uy
Google-xarita: Moozy.kids
LiveBarchasi