Yerni sun’iy silkitish mumkinmi?

Jamiyat

Odamlar orasida “Bir necha kun oldin Afg‘oniston va Tojikistonda sodir bo‘lgan, O‘zbekistonda sezilgan zilzila sun’iy bo‘lishi mumkinmi?” degan savollar paydo bo‘ldi. Hozirgacha tabiiy ofat ekani aytilgan Turkiyadagi vayronkor zilzila ham uyushtirilgan deb taxmin qilayotganlar ham topiladi. QALAMPIR.UZ zilzilani sun’iy yo‘l bilan hosil qilish mumkinmi degan savollar bilan mutaxassisga yuzlandi. 

“Kuni kecha Tojikiston va Afg‘onistonda kuzatilgandek kuchli zilzilalarni sun’iy amalga oshirib bo‘lmaydi. Balki kuchsiz tebranishlarni turli qurollar yordamida hosil qilish mumkindir. Menda bu haqda ma’lumot mavjud emas. Insoniyat qo‘li bilan yaratilgan texnogen zilzila ham bor. Bunday zilzilani noto‘g‘ri qurilishlar oqibatida vujudga keltirish mumkin. Misol tariqasida aytishim mumkin, tog‘li hududlarda joyni o‘rganmay turib, suv ombori qurish yoki boshqalar, texnogen zilzilalarni keltirib chiqaradi. Kuni kecha kuzatilgan zilzila tabiiy sodir bo‘ldi. Bu balldagi zilzilani sun’iy ravishda amalga oshirish imkonsiz”, deydi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev.  

Turkiyada sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda turli videolar tarqaldi. Unda osmonda chaqnash aks etgan. Undan so‘ng odamlarda “zilzila sun’iy amalga oshirildi” degan taxminlar ham paydo bo‘ldi. FVV rasmiysiga ko‘ra osmonning chaqnashi tabiiy jarayon, ya’ni tabiat hodisasi. 

“Chaqmoq chaqnaydigan holat bor. Havodagi, bulutlardagi energiya yer bilan tutashadi va chaqmoq hodisasi, ortidan gumburlash ovozi keladi. Yer yorig‘idagi to‘plangan energiya havo bilan bog‘lanadi va Turkiyada zilziladan avval osmonda sodir bo‘lgan yorug‘lik kabi osmonning yorishib ketish hodisasi hosil bo‘ladi. Bularning barchasi tabiat hodisasi”, deydi Samandar Hikmatullayev.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing