Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor
Olam
−
15 noyabr 2022
9475Rossiya Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmaydi. Kiyev ham bunga tayyor bo‘lishi kerak. Bu haqda bugun, 15 noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammitidagi ishtirokidan jurnalistlarga so‘ng aytib o‘tgan
“Biz muzokara qilishdan bosh tortmayotganimizni Prezidentning og‘zi bilan bir necha bor tasdiqlaganmiz. Kimki rad etsa, bu Ukraina. Lekin, qancha vaqt rad etsa, oxir-oqibat muzokara qilish shunchalik qiyin bo‘ladi”, degan Lavrov.
Indoneziyadagi sammitda chiqish qilgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni tugatish uchun Rossiya urushda yetkazilgan zararni qoplashi va Ukrainaning hududiy yaxlitligiga daxl qilmasligi kerakligini aytgan.
Rossiya tomoni esa muzokaralar aynan qanday shartlar asosida boshlanishini ma’lum qilganicha yo‘q. Biroq, Vladimir Putin Zelenskiy tomonidan aytilgan shartlar evaziga muzokaralar o‘tkazish niyatida emas. Bunday yurish qilish Putinning xalqaro maydonda kamayib borayotgan ta’sir kuchini nolga tushirib qo‘yadi.
Kecha, 14 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida Rossiyani Ukrainaga bostirib kirgani uchun moliyaviy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
93 ta davlat ushbu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Ular orasida AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlari bor. 13 ta davlat qarshi ovoz bergan. Xitoy ham Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qilmagan. 73 ta davlat betaraf qolishni ma’qul ko‘rgan. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindiston va Braziliya kabi davlatlar betaraflik pozitsiyasini bildirgan.
LiveBarchasi