Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi
Olam
−
08 Sentabr 2022 20143 1 daqiqa
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 8 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar tarqatdi.
Qirolicha bugungacha Shotlandiyadagi Balmoral qasrida bo‘lib turgandi. Bugun uning ahvoli og‘irlashgani va shifokorlar nazoratiga olingani xabar qilindi.
Hozirda qirolichaning yaqin qarindoshlari Balmoral qasriga to‘plana boshlagan. Hatto qirollik oilasini tark etgan shahzoda Garri ham rafiqasi Megan Markl bilan Shotlandiyaga yo‘l olgan.
Qirolichaning 4 nafar farzandi, 8 nafar nabirasi va 12 nafar evarasi bor.
Yelizaveta II 1926 yil 21 aprel kuni tug‘ilgan. U 1953 yilda taxtga o‘tirgan va hozir tojni eng ko‘p vaqt o‘zida saqlab turgan monarx hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr