Fotoreportaj: Qalampir.uz II Jahon urushida g‘alaba bayrog‘i o‘rnatilgan bino qarshisida

Olam

image

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Yevropa Ittifoqining ko‘magi ostida amalga oshirilayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida media-tur tashkil etildi.

Media-tur doirasida O‘zbekistonning 20 ga yaqin OAV xodimlari Berlin, Bremen, Dyusseldorf shaharlari bo‘ladi. Ushbu media-turda QALAMPIR.UZ muxbiri ham ishtirok etyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan UzWaterAware loyihasi ishtirokchilari – jurnalistlar media-turning birinchi kunida Germaniya poytaxti Berlin bo‘ylab sayohat qildilar.

Berlin shahri Germaniya va Yevropaning “yuragi”. Berlinda o‘z biznesini boshlash, dam olish va ishlash uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.

Berlin hududi bo‘yicha Yevropaning eng katta shaharlaridan biri hisoblanadi. Berlinda odamlar uchun maksimal qulayliklar yaratilgan. Metro, jamoatchilik transporti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Berlinda odamlar Yakshanba kuni dam oladi. Yakshanbada shahardagi davlat idoralari, kafe, restoran hamda yirik do‘konlar ishlamaydi.

Shaharsozlikda tarixiy binolarni asrashga jiddiy e’tibor beriladi. Mamlakat Parlamenti – Bundestag binosi Reyxstag ham o‘z tarixiga ega.

Reyxstag Berlindagi tarixiy bino. 1894-1933 yillarda mazkur binoda bir nomdagi Germaniya davlat organi – Germaniya imperiyasi va Veymar Respublikasi reychstagi joylashgan. 1945 yilda Sovet Ittifoqida german Parlamenti binosi Gitler hokimiyatining asosiy ramzi deb e’lon qilingan va Iosif Stalin binoga g‘alaba belgisi – bayroq o‘rnatishni buyurgan. 1999 yildan beri ta’mirlangan binoda Bundestag faoliyat olib boradi.

Berlinning yana bir o‘zi xos me’moriy yodgorligi bu shubhasiz, Berlin – Brandenburg darvozasi. U Germaniya ramzi sanaladi. 1789-1791 yillarda Karl Gottgard Langgans tashabbusi bilan barpo etilgan. Brandenburg Berlin shahrida saqlab qolingan yagona davroza. Uning asl nomi “Jahon darvozasi”. Ko‘p yillar davomida bu inshoot GFR va GDRning bo‘lingani ramzi sanalgan. 1989 yilga kelib, mamlakat birlashgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida devor qattiq zarar ko‘rgan. 1945 yildan to 1957 yilgacha devor peshtoqida sobiq ittifoq bayrog‘i xilpirab turgan. Keyin unga GDR bayrog‘i o‘rnatilgan. 1989 yilga kelib, GDR va GFR birlashgach, davrozadan bayroq olib tashlangan.

Berlinda 1700 ta ko‘prik mavjud. Yevropadagi birinchi svetofor ham Potsdam maydonida 1924 yilda o‘rnatilgan.

Berlin tozaligi bilan maqtansa arizigulik. Shaharda yashillikka ham e’tibor katta. Daraxtlar ko‘p. Bundan tashqari, Berlinda velosipedda yurish urfga kirgan. Odamlar benzin qimmatligi sababli pulni tejash uchun mototsikl va velosipedlarni ma’qul ko‘radi.

Berlinning havas qilsa arzigulik yana bir jihati piyodalar ham, avtomobil haydovchilari ham qoidalarga qat’iy rioya qiladi. Piyodalar yo‘lda mashina bo‘lmasa ham svetoforning ruxsat beruvchi chirog‘i yonmasa yo‘ldan o‘tmay, kutib turadi.

Berlin uchta opera teatri mavjud dunyodagi yagona shahar. Bundan tashqari, shaharda 150 ga yaqin teatr va konsert zallari mavjud.

Berlin hayvonot bog‘i jonivorlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Berlinda 6500 dan ko‘p restoran, 550 ga yaqin muzqaymoq tayyorlab sotuvchi, 2800 ta buterbrod tayyorlovchi, 225 ta bar, klub va boshqa ko‘ngilochar maskanlar bor. Shaharda deyarli butun dunyo oshpazlik merosini uchratsa bo‘ladi. Berlinni chinakamiga taom va o‘yin-kulgu poytaxti deyish mumkin.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Berlin

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing