Chilonzorda 99 ta daraxtga zarar yetdi. BP tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida kamida 7 tup daraxtga zarar yetkazilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

“Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarga zarar yetkazilganligi holati Bosh prokuratura tomonidan tekshirilmoqda”, deydi Shamsutdinov.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, buning uchun quruvchi tashkilotga 261 mln so‘m jarima belgilangan. Ko‘chadagi umumiy 99 ta daraxtda shikastlanish xavfi aniqlangan.

Faollar aralashuvidan keyin voqea joyiga Bosh prokuror, Ekologiya qo‘mitasi raisi, Toshkent shahar hokimi va Prezident administratsiyasi vakillari yetib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor ko'chasi

Baholaganlar

187

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing