Mirziyoyev Hindistonning yangi Prezidentini tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bxaratiya janata parti” hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston Respublikasining Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

“Davlatimiz rahbarining maktubida  birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tirilishiga ishonch bildirilgan”, deydi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, Draupadi Murmu Hindistonning 15-Prezidenti etib saylandi. U mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol davlat rahbari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing