Fuqarolarimizni norozilik aksiyalariga jalb etish davom etmoqda – Rahmon Markaziy Osiyo Prezidentlariga
Olam
−
21 iyul 2022
8507Prezidentning ta’kidlashicha, uxlab yotgan hujayralar har qanday vaqtda, shu jumladan tashqi yordam bilan ham o‘zini namoyon qilishi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlarida sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealar turli kuchlarning mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish rejalarini hamon amalga oshirayotganidan dalolat bermoqda. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bugun, 21 iyul kuni Cho‘lponotada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo jahon davlatlari uchun muhim mintaqa bo‘lib qolmoqda va o‘z taraqqiyotining murakkab davrini boshdan kechirmoqda.
“Dunyodagi vaziyat tez o‘zgarib bormoqda, Sovuq Urushning issiq fazaga o‘tishi bilan global o‘yinchilarning raqobati va qarama-qarshiligi kuchaymoqda. Global geosiyosiy o‘zgarishlar o‘z shaklini o‘zgartirmoqda, mavjud dunyo tartibi o‘zgartirilmoqda”, deydi Rahmon.
U mavjud muammo va tahdidlarni sanadi: terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik vositalari va qurollarning noqonuniy aylanishi, kiberjinoyatchilik kabi masalalarni hal etishda “Bu masalalarni, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari ham chetlab o‘tmaydi.
“Mamlakatlarimizda sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealar ma’lum kuchlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimizni norozilik aksiyalariga jalb etishga urinishlar davom etayotganini ko‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan, aholimizning ayrim qatlamlari, birinchi navbatda, yoshlarning mafkuraviy va diniy yetukligidan turli terroristik va ekstremistik guruhlar safini to‘ldirishda foydalanish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda”, deydi u.
Eng jiddiy muammo, Rahmonning fikricha, Markaziy Osiyoda diniy radikalizmning o‘ta buzg‘unchi mafkurasini targ‘ib qilinishidir.
"Uxlayotgan hujayralar har qanday vaqtda, shu jumladan faol tashqi yordam bilan ham o‘zini namoyon qilishi mumkin. Oxirgi voqealar shuni ko‘rsatdiki, diniy radikal ekstremistlar jamiyatimizning har qanday norozilik salohiyatidan o‘z g‘arazli maqsadlarida foydalanishga qodir”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston bu buzg‘unchi kuchlar xavfsizlikka tahdid solayotganini yaxshi biladi.
Imomali Rahmon mintaqada radikal mafkuralarning tarqalishiga qarshi birgalikda kurashishda aniq mexanizmlarni yaratish maqsadida maxsus xizmatlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni kuchaytirishni taklif qildi.