Ikki yil deganda 1 million musulmon Hajga yetishdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Kecha, 7 iyul kuni musulmonlarning muqaddas zamini — Makkada Haj ziyoratning asosiy marosimlari boshlandi. Bu yil marosimlar 12 iyulgacha davom etadi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bir millionga yaqin odam Haj ziyoratini ado etadi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 7 iyul kuni ziyoratchilar Arafot tog‘idagi asosiy marosim oldidan Makka shahridagi Masjidi Haramdan taxminan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan Mino shahridagi ulkan chodir shaharchasiga ko‘chib o‘tgan.

Musulmon namozxonlar Ka’ba atrofida namoz o‘qiydilar

Aynan o‘sha yerda mo‘minlar yilning asosiy bayramlaridan biri — Qurbon hayitini kutib olishadi. An’anaga ko‘ra, Arafot tog‘iga ziyorat zulhijja oyining to‘qqizinchi kuniga to‘g‘ri keladi. 2022 yilda bu kun bugun, 8 iyulga to‘g‘ri kelgan. 

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Bu yil bir million musulmon Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini amalga oshirdi, bu COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri eng katta hajdir. Bu yil jami 850 ming xorijlik va 150 ming mahalliy ziyoratchi Haj ziyoratini ado etmoqda. 

Bu yil Haj ziyoratini amalga oshirish faqat 65 yoshdan kichik, koranavirusga qarshi emlangan musulmonlarga ruxsat berildi. Saudiya Arabistonidan tashqaridan kelganlar COVID-19 uchun salbiy PZR natijasini taqdim etishlari kerak edi.

Musulmonlar tavof qiladilar

Shuningdek, bu yildan boshlab Haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun ilgari erkak vasiy bo‘lishi majburiy bo‘lgan talab ham bekor qilindi. Natijada minglab ayollar erkak hamrohligisiz Haj ziyoratini amalga oshirdi. Ularning ko‘pchiligi qora liboslardan voz kechib, qizil, yashil, to‘q sariq va ko‘k rangli kiyimlarda ko‘rinish berdi.

Haj — jismoniy va moddiy jihatdan qodir bo‘lgan barcha musulmonlar uchun umrida bir marta bo‘ladigan farzdir.

Musulmon ziyoratchilar Ka’bani tavof qiladilar

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. O‘zbekistonga Haj ziyorati uchun 10 865 kvota ajratildi.

Musulmon ziyoratchilar Ka’ba atrofida namoz o‘qiydilar

Saudiyalik ishchilar Ka’bani yopuvchi parda yoki Kisva tayyorlashning so‘nggi bosqichida sof kumush iplar yoki oltin bilan qoplangan kumush iplar yordamida islomiy xattotlikni kashta qilishmoqda.

Makka masjidida ishchi Qur’oni Karim nusxalarini artib tashlamoqda

Musulmon namozxon masjidida Qur’oni Karimdan o‘qiydi

Musulmon ziyoratchilar Ka’ba atrofida namoz o‘qiydilar

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама

Миллионы паломников совершают паломничество к святыням ислама


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj fotoreportaj

Baholaganlar

179

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing