Ertaga Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishida muhim qadam tashlanadi

Olam

image

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokollar ertaga , 5 iyul kuni imzolanadi, davlatlar ushbu hujjatlarni NATOning barcha 30 a’zosi ratifikatsiya qilgandan so‘ng ittifoqqa kiradi. Bu haqda bugun, 4 iyul kuni alyans shtab-kvartirasi ma’lum qildi. 

“[NATO] ittifoqchilari 5 iyul kuni Finlyandiya va Shvetsiya bilan a’zolik protokollarini imzolaydi”, deyiladi bayonotda. 

Marosimda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, shuningdek, Finlyandiya va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirlari Pekka Haavisto va Ann Linde ishtirok etadi. 

Alyans matbuot xizmatining ta’kidlashicha, odatda bir davlatni alyansga taklif qilish va rasmiy hujjatlarni imzolash o‘rtasida bir necha yil davom etadigan "qo‘shilish muzokaralari" 4 iyul kuni NATO shtab-kvartirasida yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSH Kongressining tegishli qo‘mitalariga Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishiga oid hujjatlarni yubordi

Ma’lumot uchun, 28 iyun kuni Turkiya, Finlyandiya Prezidentlari, Shvetsiya Bosh vaziri va NATO Bosh kotibi ishtirokida NATO sammiti oldidan to‘rt tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, uch mamlakat Tashqi ishlar vazirlari “Uchlik memorandumi”ni imzoladilar. Memorandumga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda barcha talablarni bajaradi, Turkiyada terroristik tashkilot deb tan olingan tuzilmalar – "Kurdiston ishchi partiyasi", "Suriya xalq mudofaasi otryadi" va FETO bilan muloqotni to‘xtatadi va o‘zi ham ularni terroristik tashkilot sifatida qayd etadi. Qolaversa, milliy qurol-yarog‘ embargosi olib tashlanadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing