O‘zbekistonning qo‘shnisiga kelgan qirg‘in. Afg‘onistondagi zilzila oqibatlari (fotoreportaj)

Olam

ap22174365112958

Kecha, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi va uning kuchi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezildi. Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi. Keyinchalik esa zilzila qurbonlari soni 1900 nafarga yetgan, 2000 dan ortiq kishi esa jarohat olgan. Qurbonlar soni yana oshishi mumkin. 

Qurbonlarning ko‘pchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan. 

Mamlakatni boshqarayotgan "Tolibon" harakati rahbari Haybatulloh Oxundzoda Xost va Paktika viloyatlarida yuz bergan zilzila munosabati bilan xalqaro tuzilmalardan yordam so‘radi. FVV rahbari o‘rinbosari Sharafuddin Muslimning ma’lum qilishicha, Paktika, Xo‘st va Nangarhorda halok bo‘lganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afg‘oniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afg‘oniy (550 dollar) tarqatiladi.

Hukumat jabrlanganlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa zarur narsalarni yetkazib berish, shuningdek, yaradorlarni tashish uchun barcha mavjud havo va yer transportidan foydalanishni buyurgan.

Shuningdek, O‘zbekiston mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan Afg‘onistonga yordam taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zilzila fotoreportaj

Baholaganlar

948

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing