“Baribir hech narsa o‘zgarmaydi”. Odamlar non narxi oshganiga nima deyapti?
Intervyu
−
08 iyun 2022
13767Xabaringiz bor, joriy yilning 1 iyunidan qolipli non “buxanka”ning narxi 1600 so‘mdan 2800 so‘mga ko‘tarildi. Buning ortidan boshqa non mahsulotlarining ham narxi sun’iy ravishda oshirila boshladi. Xo‘sh, bu holatga aholining munosabati qanday? Bir fuqaro kun davomida qancha non iste’mol qiladi? Bir oila bir haftada nechta non sotib oladi?
QALAMPIR.UZ bu borada odamlarning fikrini o‘rganish maqsadida aholi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning aksariyati non narxi ko‘tarilganidan norozi bo‘lsa, ba’zilari narx ko‘tarilishi faqat O‘zbekistonda emas, balki butun dunyoda sodir bo‘layotganini ta’kidladi.
Qolaversa, “Toshkent non shahri, hamma narsaning narxi oshsa ham nonning narxi oshmasligi kerak”, degan fuqaro ham topildi. Uchta nogiron farzand bilan non sotib olishga qiynalayotgan ona ham narxlar oshgani e’tiroz bildirmay qolmadi. Yana bir respondentimiz esa, “Narxlar ko‘tarilgani bilan oyliklar ham oshyapti-ku”, degan fikr bildirdi.
Ijtimoiy so‘rovnomani yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZʼ ning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ jurnalisti Toshkent shahridagi non ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, aholini qiziqtirayotgan bir nechta savollarga mutasaddilardan javob olgandi.
LiveBarchasi