Toshkentda “buxanka” narxi oshdi
Jamiyat
−
05 aprel
20076Toshkent shahrida qolipli non (“buxanka”) narxi oshdi. QALAMPIR.UZ muxbiri shahardagi savdo maskanlarida bo‘lib, non narxi oshganining guvohi bo‘ldi.
Shu paytgacha qolipli non 2800 so‘mdan sotilayotgan edi. Hozirda esa u 200 so‘mga qimmatlab, nonning narxi 3000 so‘mga yetgan.
Non ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, narx oshishiga kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlarning oshgani sabab bo‘lmoqda.
Qayd etish kerakki, Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-sonli Qarori bilan 2019 yil 15 oktyabrdan “O‘zdonmahsulot” AJ tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga yo‘naltiriladigan bug‘doydan boshqa g‘alla iste’molchilarining barcha toifalariga faqat birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotilishi belgilandi. Shundan so‘ng, non narxi 650-700 so‘mdan 1400 so‘mga ko‘tarilgandi. Keyinroq narx yana biroz oshib, 1600 so‘mga yetgan. 2022 yil 1 iyundan Toshkentdagi oziq-ovqat do‘konlarida “buxanka” 2800 so‘mdan sotila boshladi va shundan beri narx o‘zgarmagandi.