Kommunal soha xodimlari kuni “O‘zbekiston” mehmonxonasida nishonlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 aprel kuni “O‘zbekiston” mehmonxonasining tantanalar zalida “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” tantanali nishonlandi.

Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Uy-jon kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi rahbarlari tomonidan poytaxtning Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘p yillardan beri mehnat qilib kelayotgan 48 nafar usta chilangar va mexaniklar, kochegar va oddiy ishchilar, mehnat faxriylari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan hamda bir yuz yigirmadan ortiq malakali ishchilar, muhandis va texnik xodimlar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Rahmankulov shaharning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga daxldor ishchi-xodimlarga yuzlanib, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyatini xalq yuksak qadrlashini qayd etdi.

Bu yo‘nalishda qabul qilingan muhim dasturlarning ijrosi aynan soha ishchi-xodimlarining mehnati, mahorati tufayli o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilayotganligini poytaxtdagi ko‘plab xonadon egalari chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etayotganliklari haqida ta’kidlab, yig‘ilganlarni “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” bilan samimiy tabrikldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 dekabrdagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

kommunal xizmat ko'krak nishoni

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing