Davlat zaxira uchun g‘allani birjadan sotib oladigan bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati kelgusida davlat zaxirasi uchun g‘allani faqat birjadan sotib olishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun,  11 may kuni o‘tayotgan don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Barcha hokimlar bir narsani aniq tushunib olishi zarur. Nima uchun biz fermerni birjaga olib chiqayapmiz? Fermer birjaga chiqib, o‘zi g‘allasini mustaqil sotsa, uning daromadi oshadi, o‘z mehnati natijasidan rozi bo‘ladi.

Kelgusida davlat zaxirasiga xarid qilinadigan g‘alla ham faqat birjadan sotib olinadi”, degan Prezident yig‘ilishda.

Yig‘ilishda mutasaddilarga ikki hafta muddatda bug‘doy yetishtiruvchi fermer va klasterlarni birjadan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda brokerlarni biriktirib, o‘qitishni tashkil qilish topshirildi. Bunda fermerlar 2022 yil bug‘doy hosili uchun birja to‘lovlaridan ozod qilinadi.

“Joriy yil jami g‘alla hosili uchun 7,6 trillion so‘m ajratiladi. Yangi tizimni to‘laqonli, adolatli va ochiq-oshkora ishlab ketishi, har bir so‘m fermer va klasterga o‘z vaqtida, to‘liq yetib borishi, narx-navoni o‘sishi va taqchillikni oldini olish bo‘yicha “kunbay” nazorat tizimi joriy qilinadi. 

Buning uchun Bosh prokuror boshchiligida Respublika shtabi tashkil etiladi. Hududiy shtablarga viloyat hokimlari va prokurorlari rahbarlik qiladi”, degan Prezident Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda Prezident joriy yilning 1 iyulidan fermer va klasterlar o‘zi yetishtirgan bug‘doyni birjada sotishni boshlashini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bug'doy

Baholaganlar

63

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing