Urush olovini yoqqan Rossiya harbiy paradni qanday o‘tkazdi? (fotoreportaj)
Olam
−
09 may 2022
36494Har yili 9 may kuni fashistlar Germaniyasining ustidan qozonilgan g‘alaba munosabati bilan Rossiyada ulkan harbiy parad o‘tkaziladi. Ularning eng yirigi va mashhuri Moskva shahrida joylashgan “Qizil maydon”da uyushtiriladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qizil maydon”da bu yilgi harbiy paradda 11 mingdan ortiq harbiylar, 130 dan ortiq zirhli mashinalar va yirik tanklar saf tortgan. Biroq osmonda parvoz qilishi kutilgan 77 uchoq ob-havoning “mos emas”ligi tufayli harbiy paradda ko‘rinish bermadi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davom etayotgan bir sharoitda harbiy parad xorijiy davlatlar rahbarlarisiz o‘tkazildi. Quyida bugun o‘tkazilgan harbiy paradning yorqin onlari muhrlangan suratlar bilan tanishing.
1. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qizil maydonda G‘alaba kuni harbiy paradda nutq so‘zlamoqda
2. Zirhli tanklarda rossiyalik xizmatchilar
3. Rus harbiy ayollari marshda yurish qilmoqda
4. Harbiy orkestr a’zolari “Qizil maydon”da
5. Xavfsizlik xizmati xodimi o‘zining snayper miltig‘i bilan
6. Rossiya harbiy xizmatchilari Moskva markazidagi “Qizil maydon”da Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 77 yilligiga bag‘ishlangan “G‘alaba kuni” paradida yurishmoqda
7. Sovet davridagi “T-34” tanki Moskva markazidagi “Qizil maydon”dan o‘tib ketmoqda
8. Yosh harbiylar Rossiya Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 77 yilligini nishonlamoqda
9. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya quruqlik qo‘shinlari boshlig‘i Oleg Salyukov “Aurus” kabrioletlarida
10. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Noma’lum askar” qabriga gul qo‘yish marosimida
11. Quyidagi rasmda Mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chap tarafda) va Putin “G‘alaba kuni” harbiy paraddan so‘ng “Qizil maydon”ni tark etyapti
Sardor Begalov
LiveBarchasi