TDYUU rektori javobgarlikka tortilmagan

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent davlat yuridik universitetining tarixiy binosiga tegishli ruxsatsiz o‘zgartirish kiritilgani uchun oliygoh rektori javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ tahririyati shuni ma’lum qiladiki, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov javobgarlikka tortilmagan. Universitet binosi devorlariga zarar keltirilgani uchun oliygohning mas’ul xodimi – ekspluatatsiya rahbari jarimaga tortilgan. 

Shu bilan birga, tarixiy binoni teshib, qayd etish taxtachalari o‘rnatish, atroflarini bo‘yash va sovutkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar o‘rnatish holati Akbar Toshqulov rektor bo‘lishidan ancha avval – 2013 yilda sodir bo‘lgan.

Shu o‘rinda aytish joizki, tahririyat xodimlari tomonidan Bosh prokuratura bergan xabarda “oliygoh mas’ul rahbari” deyilgani rektor deb tushinilgan. 2013 yilda bo‘lgan voqeaga amaldagi rektor Akbar Toshqulovning aloqasi yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

TDYuU

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing