“Sanjik” sudi cho‘zilyapti. Advokatlar shikoyati qabul qilinmagani ochiqlandi
Jamiyat
−
06 iyul 3375 1 daqiqa
Bugun, 6 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi yuzasidan apellyatsiya instansiya sud jarayonlarining ikkinchi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. QALAMPIR.UZ mazkur sud ishida bevosita ishtirok etdi.
Ushbu sud majlisida, Sanjar Karimovni himoya qiluvchi yana bir advokat Akmal Fozilov sud ishiga qo‘shildi. Shu bilan ayblanuvchini jami olti nafar advokat himoya qilmoqda.
Sud muhokamasining boshlanishida Karimovning bir nafar himoyachisi Oybek Ashurovning apellyatsiya haqidagi elektron arizasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilmasdan e’tiborsiz qoldirilgani ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, advokat Karimovni himoya qilish uchun tuman sudining mazkur ish yuzasidan qaror xati lozim. Shu bilan birga, yangi qo‘shilgan advokat ham ushbu sud ishida qatnashish uchun sudlov xay’atiga iltimosnoma kiritdi.
Sanjar Karimovning himoyachilari to‘liq sud jarayonida qatnashishini ta’minlash maqsadida, kiritilgan iltimosnomalarni ko‘rib chiqish uchun sud tanaffus e’lon qildi. Keyingi sud majlisi, joriy yilning 13 iyul sanasiga qoldirildi.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qiling.

Live
Barchasi