Inkuzart'ning Toshkentdagi yana bir surati “o‘ldirildi”

Jamiyat

image

Ko‘cha graffitlari bilan tanilgan Inkuzart taxallusli rassom tomonidan Toshkentning Chilonzor tumanidagi devorlardan biriga chizilgan Albert Eynshteyn portreti va uning turli formulalari oppoq ohak bilan bo‘yab ketildi. Bu haqda rassomning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Rassom e’lon qilgan videoda u qanday qilib graffitini chizgani, keyin esa ishchilar devorni bo‘yab tashlayotgani ko‘rsatilgan. Videoga esa “Chilonzor hokimiga “rahmat” degan izoh qoldirilgan.

Shundan ham bilinib turibdiki, surat Chilonzor hokimligi ko‘rsatmasi bilan bo‘yab ketilgan.

Qayd etish kerak, bu Inkuzart asarining ilk bor yo‘q qilinishi emas. Bundan avval rassomning UzAutoMotors monopoliyasiga bag‘ishlab chizgan graffiti, undan so‘ng esa benzin narxining oshib borishi oddiy o‘zbekistonliklarni “o‘ldirayotgani” aks etgan surati ham yo‘q qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanida “menga yoqadi shunaqa narsalar, nega shaharda ko‘paytirmaysizlar” deb ko‘p qavatli uyga chizilgan “Do‘stlik” muralini maqtagandi. Shunda yonidagi amaldorlar bunday suratlar yanada ko‘paytirilayotganini qo‘shimcha qilgandi.

Eh, afsuski Prezident bunday ijod namunalari tug‘iliboq bo‘g‘ilishini bilmaydi. To‘g‘risiyam-da, hokimlarning birovning mehnati bilan nima ishi bor. Ularning fikri xayoli buzish, qurish va bo‘yash bilan band-ku.


Maqola muallifi

Teglar

Inkuzart Chilonzor hokimligi

Baholaganlar

476

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing