Chet tili OTMga kirishda majburiy fanlar blokiga qo‘shiladi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022
6332O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga bir martalik 15 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
2022 yil 1 martdan chet tili fani o‘qituvchilarining tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o‘rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.
Shuningdek, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan:
fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillar instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika instituti.
Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi.
2022 yil 1 sentyabrdan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari chet tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyasi jarayonio‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2022 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvargacha Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
- bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi;
- vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarda faoliyatini amalga oshirganida ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno).
2022 yil 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to‘lanadi.
LiveBarchasi