Qashqadaryoda Damas portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
07 mart 27210 1 daqiqa
Bugun, 7 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Damas mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun soat 10:30 larda Koson tumani, “Yangiobod” Mahalla fuqarolar yig‘ini Maymanoq-Koson chorraxasida harakatlanmay turgan Damas rusumli avtomobilga o‘rnatilgan siqilgan gaz ballonining texnik nosozligi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.
Voqea avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani hamda yong‘in yuzaga kelmagan.
Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.
Live
Barchasi