Shavkat Mirziyoyev “Tinchlik kengashi”ning AQSHdagi ilk yig‘ilishida ishtirok etadi (video)

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik kengashi”ning ilk yig‘ilishida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

Uchrashuv 19 fevral kuni Vashingtonda joylashgan “Donald Institute of Peace”da kengash a’zolari bilan o‘tkaziladi va moliyaviy majburiyat rasman e’lon qilinadi. Shuningdek, bir qator davlatlar G‘azoda xavfsizlik va tartibni ta’minlash maqsadida Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari hamda mahalliy politsiyaga minglab xodimlar yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp bu tashabbusni yanvar oyida Davosda e’lon qilgan. Kengash G‘azoni tiklash va tinchlikni ta’minlash jarayonini muvofiqlashtirishi kerak. Tashabbus doirasida xalqaro kuchlarni joylashtirish ham nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi” ustavini imzolagan edi. Buning uchun u Tramp taklifiga binoan Davosga borgan.

AQSH va O‘zbekistondan tashqari, ustavni Armaniston, Argentina, Ozarbayjon, Bolgariya, Vengriya, Indoneziya, Iordaniya, Kosovo, Pokiston, Paragvay, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston ham imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vashington Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing