O‘zbekiston haqida gapirish Lukashenkoga qoldimi? Xalqaro ekspert “Batka”ga javob qildi

Olam

image
Ekstremistlar diqqati O‘zbekistonga qaratilgan – Lukashenko north_east

Ekstremistlar diqqati O‘zbekistonga qaratilgan – Lukashenko

O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan keskin farq qiladi, mamlakat hududida beqarorlik yuzaga kelishi uchun hech qanday asos yo‘q. Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Postsovet tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Stanislav Pritchin Belarus Prezidentining O‘zbekiston haqida bildirgan fikrini shunday izohladi.

“Global miqyosda gapiradigan bo‘lsak, har doim vaziyatni izdan chiqarish uchun imkoniyat borligi aniq. Ammo, agar O‘zbekistondagi hozirgi vaziyatni solishtiradigan bo‘lsak, u Qozog‘istonnikidan tubdan farq qiladi: Qozog‘istondagi fojiali voqealar arafasida bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda hech qanday siyosiy bo‘linish yo‘q”, degan Pritchin RIA Novosti bilan suhbatda.

Ekspertning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda vaziyat barqaror: barcha qarorlar, qoida tariqasida, agarda jamoatchilik fikrini hisobga olinmasa, aholining turmush darajasiga mos keladigan reallikni inobatga olgan holda qabul qilinadi.

“Demak, umuman olganda, hozirda beqarorlik uchun jiddiy asoslar yo‘q”, dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘istonning Chimkent shahrida ham tartibsizliklar bo‘lgan va u Toshkentdan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shu bois O‘zbekiston fuqarolari ham qo‘shni Qozog‘istondagi namoyishlarda qatnashgan bo‘lishi mumkin.

“Ya’ni, bu unchalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik emas, lekin juda ko‘p sonli O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda, jumladan, mamlakat janubida ishlyotganini inobatga olinsa, tartibsizliklarda ishtirok etgan odamlar kirib kelgan bo‘lishi mumkin. Mintaqada o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Ammo O‘zbekistonda beqarorlik uchun hech qanday fundamental sabablar yo‘q”, deydi Pritchin.

Ma’lumot uchun, KXSHTning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etgan Belarus Prezidenti Qozog‘istondagi vaziyatdan avvalo O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligini, ekstremistlar diqqati Markaziy Osiyoning o‘rtasidagi davlatga qaratilganini aytgandi. Ammo bu fikrlari uchun u hech qanday dalil keltirmagan.

Ta’kidlash kerakki, 28 yildan beri Prezident lavozimini hech kimga bermay kelayotgan Belarus hukmdori Lukashenko boshqa davlatlar haqida fikr yuritganda ularda ham vaziyat o‘z mamlakatidagi kabi deb o‘ylaydi chog‘i, og‘ziga kelganini qo‘ymay gapiradi. 

Aslini olganda, Belarus Prezidenti shunday g‘alati bayonotlari bilan ilk bor kulgiga qolayotgani yo‘q. U doimiy ravishda shunday noodatiy fikrlari bilan siyosat olamida “mashhur” bo‘lib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

3097

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing