Ronaldu MYUni tark etishi mumkin
Sport
−
07 yanvar 2022
7237“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ronaldu yangi tiayinlanadigan bosh murabbiydan qoniqmasa, mavsum oxirida mankunianliklar safini tark etish haqida o‘ylamoqda. Shuningdek, Krishtianu Ralf Rangnikning klub bosh murabbiyligiga doimiy asosda tayinlanishiga qarshi ekanligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabr oyida “qizil iblislar” rahbariyati Rangnikni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlagan edi. U mavsumning qolgan qismida jamoani boshqaradi.
Joriy mavsum Angliya Premer ligasida Ronaldu 16 ta o‘yin o‘tkazgan va 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5 ta uchrashuvida 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 19 o‘yinda 31 ochko to‘plagan va APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi