“Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlari yakunlandi

Sport

image

Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Respublika bosqichi o‘tkazildi. 

Unda Toshkent viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining ko‘chma kubogi sohibi bo‘ldi. 2-o‘rin Namangan viloyati, 3-o‘rin esa Surxondaryo viloyati jamoasiga nasib etdi.

“Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlari Qurolli kuchlar akademiyasining Toshkent viloyatida joylashgan dala o‘quv-mashg‘ulot bazasida tashkil etilib, ishtirokchilar umumqo‘shin nizomlarining ichki tartib qoidalari asosida kursantlarning kundalik hayoti, harbiy xizmat o‘tashning shart-sharoitlari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdi.

Bellashuvlar harbiy vatanparvarlik, harbiy-amaliy ko‘pkurash (pnevmatik quroldan o‘q otish, o‘quv granatasini uloqtirish va harbiylashtirilgan estafeta) hamda Sport (duatlon, 100 metrga yugurish, turnik) yo‘nalishida tashkil etildi.

Bundan tashqari “Mohir mergan” va “O‘zbekiston harbiy tarixi bilimdoni” nominatsiyalari bo‘yicha shaxsiy birinchilik ham tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, musobaqada “Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengashlaridan 17 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlardan iborat 14 ta jamoa ishtirok etdi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Qurolli kuchlar Vatanparvar Shunqorlar

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing