Yuventus rahbariyati tergov qilinadi

Sport

image

“Yuventus” prezidenti Andrea Anelli, vitse-prezident Pavel Nedved va sobiq sport direktori Fabio Paratichi tergovga chaqiriladi. Bu haqda “La Gazzette dello Sport” nashri xabar berdi.

Ular yolg‘on xabar berganlikda gumon qilinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2019 va 2020-2021 yilgi mavsumlarda klubning moliyaviy hisobotlari 50 million yevroga soxtalashtirilgan.

Turin politsiyasi tergov uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni olish uchun “Yuventus” shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazgan. Hozirda moliyaviy va iqtisodiy politsiya mutaxassislari hujjatlarni o‘rganishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, 2020 yilda “Barselona”dan Arturni Miralem Pyanichga almashtirish masalasi o‘rganilmoqda. O‘shanda ikkala klubning taxminan 50 million yevro miqdorida foyda ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Florensiyaning “Fiorentina” klubi hujumchisi Dushan Vlahovichni qishdayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabar bergan edik..
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Italiya Real Madrid An'elli Nedved

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing