To‘xtab turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi

3-sahifa 6400
image

Bugun, 27 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 13:30 da viloyatning Chiroqchi tumani hududida joylashgan choyxona binosining ro‘parasida sodir bo‘lgan. To‘xtab turgan Nexia rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonda portlash sodir bo‘lgan. Avtomobil boshqaruvida 2002 yilda tug‘ilgan I.N. bo‘lgan. 

Hodisa oqibatida haydovchi I.N. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 2003 yilda tug‘ilgan Sh.S. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining portlash holatlari avval ham qayd etilgan. Joriy yilning sentyabr oyi oxirida Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilining gaz balloni portlab ketgan bo‘lsa, oktyabr oyi boshida Surxondaryoda Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida portlab ketdi.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 218
Reyting: 3
t
×