AQSH Qobuldagi diplomatlarini evakuatsiya qilishni boshladi

Olam

image

Bugun, 15 avgust kuni AQSH Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Ko‘plab xodimlar ketishga tayyor. Elchixona ishlashda davom etyapti”, degan amerikalik amaldorlardan biri, diplomatik vakolatxonani kichik guruh tark etayotganini ta’kidlab.

Afg‘onistondagi amerikaliklarni evakuatsiya qilish SN-47F vertolyotlari yordamida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, AQSH Qobuldagi elchixonasi xodimlarini mamlakatdan olib chiqib ketish uchun dastlab 3 ming, keyinroq qo‘shimcha 2 ming, jami 5 ming harbiyni safarbar qilgani haqida xabar bergan edik. Amerika o‘ziga yordam bergan afg‘onlarni ham olib ketishni reja qilgan.

Ayni paytda AQSHning qo‘shimcha kuchlari Afg‘onistonga yetib kelgan.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Afg'onistondagi keskinlik

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing