Qirg‘izistondan vazir Japarov Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiyada Qirg‘iziston delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarovni qabul qildi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Aqilbek Japarov O‘zbekiston yetakchisiga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil mart oyida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammitida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini tez fursatda amalga oshirish, qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish muhim ekani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi,Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hamda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bo‘lgan edi. Qabul marosimi davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing