Turkiyada kutilmaganda harorat pasayib ketdi. Iyunda qor yog‘di (foto+video)
Olam
−
04 iyun 2021 15225 1 daqiqa
Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi bir qator provinsiyalariga kecha, 3 iyun kuni qor yog‘di. Bu haqda “TRT Haber” ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, qor Ardahan, Rize, Bolu kabi baland tog‘li viloyatlarda yog‘gan. Kayseri provinsiyasidagi Erjiyes vulqonida joylashgan mashhur tog‘-chang‘i kurortini ham qor qoplagan.

Mahalliy aholining aytishicha, bir kun oldin ob-havo quyoshli bo‘lib, qish haqida hech qanday ishora bo‘lmagan. Biroq, 3 iyun kuni ob-havo keskin o‘zgarib ketgan.
Shuningdek, butun Qora dengiz sohilini kuchli yomg‘ir ta’sirida suv bosgan. Fuqarolar va sayyohlar hushyor bo‘lishga chaqirilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr