Noto‘g‘ri gapirib qo‘ysam, kulgi bo‘lamanmi deyman – Ortiqxo‘jayev festival ishtirokchisining taklifini “chiroyli” rad qildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev gapirish yo ishlashdan birini tanlash kerak bo‘lsa, u ishlashni ma’qul ko‘rishini ma’lum qildi. U bu haqda Toshkent besh tashabbus harakati doirasida yoshlar bilan uchrashgan vaqtida aytib o‘tdi.

Muloqot chog‘i ishtirokchi qizlardan biri hokimni yoshlar uchun tashkil etilayotgan yangi tashkilotning ochilish marosimiga taklif qildi.

“Men yaxshi gapirishni bilmayman. Men zo‘r spiker emasman. Menga savol bersanglar o‘zimni hayotiy tajribamni aytishim mumkin. Men bir xillarga o‘xshab juda ko‘p, zo‘r gapirolmayman. 

Odam yo ishlashi kerak, yo gapirishi kerak. Ikkalasidan bittasi, to‘g‘rimi? Menga ishlaganim ma’qulroq. Jurnalistlarimiz ko‘p gapirishadi, savol berishadi. Men adashib, noto‘g‘ri gapirib qo‘ymay deyman. Yo ishlay, yo gapirishimiz kerak. 

Ham gapirib, ham ishlagan odamni ko‘rmaganman. Gapga usta emasmanda, noto‘g‘ri gapirib qo‘ysam tag‘in kulgi bo‘lamanmi deyman. Jonim bilan agar imkoniyatim boricha harakat qilaman”, deb javob berdi ishtirokchi qizga Ortiqxo‘jayev.

Avvalroq, poytaxt hokimi yoshlar bilan muloqot vaqtida ilk bor ommaviy axborot vositalariga rahmat aytgani haqida xabar bergan edik. U OAV festivalni haqiqiy bayram bo‘lishini ta’minlaganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

574

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing