Biz Rossiyadan o‘rnak olyapmiz – Norboyeva Matviyenko bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Rossiya va O‘zbekiston parlamentlari ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolanishi kutilayotgan ikki tomomnlama shartnomalarni amalga oshirishda ishtirok etishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda xabar qildi, deb yozmoqda "Sputnik".

“Bularning barchasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan davlat tashrifi arafasida juda muhim ahamiyatga ega. Tashrif munosabati bilan bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Parlamentlarimiz ham bunga o‘z hissasini qo‘shadi, deb o‘ylayman”, deydi Matviyenko.

Federatsiya Kengashi raisi O‘zbekiston Senati delegatsiyasi tashrifi parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish ikki davlat munosabatlari rivojlanishiga yangi impuls qo‘shishiga ishonch bildirgan. 

Matviyenko aytishiga qaraganda, O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari ko‘p jihatdan o‘zaro ishonchli hamkorlik xarakteriga ega. Shuningdek, Federatsiya Kengashi spikeri Tanzila Norboyeva bilan o‘zining shaxsiy munosabatlarini yuqori darajada qadrlashini aytib o‘tdi.

Norboyeva aytishiga qaraganda, O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Rossiya hududlararo forumi ham bo‘lib o‘tadi va unda ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari vakillari uchrashadi.

“Iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy va gender tengligi masalalarida biz ko‘p sohada Rossiyadan o‘rnak olyapmiz. Sizning ishingizni kuzatib turib, Hukumatni nazorat qilish borasida yangi yo‘nalishlar kirityapmiz”, degan Norboyeva

Matviyenko ham o‘z navbatida Rossiyada ham O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Valentina Matvienko

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing