Yaponiyada cho‘chqa o‘lati tarqala boshladi 

Olam

image

Yaponiya sharqidagi Gumma prefekturasi rasmiylari mahalliy fermer xo‘jaligida cho‘chqa o‘lati tarqala boshlangani haqida xabar berdi. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qilgan. 

Ta’kidlanishicha, epidemiologik tadbirlar doirasida 10 mingga yaqin hayvon yo‘q qilinadi. 

Bundan tashqari, rasmiylar ushbu hududda kasallik tarqalishi sababini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Gumma hududida so‘nggi marta cho‘chqa o‘lati kasalligi o‘tgan yilning sentyabr oyida aniqlangan. 

Shuningdek, dekabr oyida g‘arbiy Mie prefekturasida, joriy yil yanvar oyida esa qo‘shni Vakayama prefekturasida infeksiya o‘chog‘i aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya cho'chqa o'lati

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing