Koronavirus bilan 1 yil: QALAMPIR.UZ'da jonli marafon

Jamiyat

image

Ertaga, 15 mart kuni O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelganiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan QALAMPIR.UZ sayti media marafon tashkil qilyapti.

Unda O‘zbekistonda koronavirus tarqala boshlaganda Hukumatning iqtisodiy inqirozga qarshi qanchalik samarali kurashgani, aholining ijtimoiy himoyalangani va bevosita virus tarqalishiga qarshi ko‘rilgan choralar muhokama qilinadi. Shuningdek, mazkur choralar uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflangani haqida suhbatlashamiz.

Media marafon ishtirokchilari:

•    1-Zangiota maxsus shifoxonasi direktor o‘rinbosari Olimjon Isxakov – soat 10:00 da;

•    Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burhon Aliqulov – 11:00 da;

•    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev – soat 12:00 da;

•    Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva – soat 13:00 da;

•    Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova – soat 14:00 da;

•    Moliya vazirligi Davlat byudjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedov – soat 15:00 da;

•    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov – soat 16:00 da;

•    Ichki ishlar vazirigi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov – soat 17:00 da;

•    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Botir Qurbonov – soat 18:00 da;

•    Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev – soat 19:00 da

•    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov – soat 20:00 da.

Marafon QALAMPIR.UZ`ning YouTube, Instagram va Facebook sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing