Merkel karantinda sochini kim turmaklashini ma’lum qildi 

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan lokdaun davrida sartaroshsiz qanday yo‘l tutishi haqida ma’lumot berdi. 

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, bunday paytda uning sochlarini yordamchisi turmaklaydi. 

"Men muayyan darajada yordamchimni qo‘llab-quvvatlayman. Borgan sari oqarib borayotgan sochlar, ular bilan yashash kerak", degan kansler. 

Merkel sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berilganda xursand bo‘lishini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyada koronavirus tufayli joriy etilgan cheklov choralari 14 fevralga qadar uzaytirilgan. 

Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 2,25 mlndan oshgan. 59 ming 776 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Merkel'

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing