Koreyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qachon yaxshilanishi aytildi
Olam
−
18 yanvar 2021
5144Janubiy Koreyada joriy yilning noyabr oyigacha COVID-19 ga qarshi jamoaviy immunitet shakllanadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Mun Chje In ma’lum qilgan.
"Janubiy Koreya, albatta, orqada qolmaydi (jamoaviy immunitetga erishishda), lekin, ehtimol, boshqa mamlakatlarga qaraganda bunga tezroq erishishi mumkin", degan Mun Chje In.
Unga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi boshlanganda va to‘rtinchi chorakda emlashning birinchi bosqichi yakunlanganda, Janubiy Koreyada jamoaviy immunitetga erishiladi. Bu esa noyabr oyidan kechikmasdan sodir bo‘lishi kutilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada pandemiya boshidan buyon 72 ming 340 nafar kishi koronavirusga chalingan. Mamlakatda 58 ming 253 kishi ushbu kasallikni yenggan, 1 ming 249 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi