Ota-onalar farzandi dars qilayotganda videoga olib, XTBga yuborishi kerakmi?
Jamiyat
−
11 aprel 2020
7468Joriy yilning 30 martidan o‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar namoyish etish boshlandi. Uning nazorati esa ota-onalarga topshirildi. O‘qituvchilar esa uy vazifa berish va ularni tekshirish vazifasini bajaradigan bo‘ldi.
Televizion darslar qo‘yila boshlagach, ba’zi ota-onalar shahar xalq ta’limi boshqarmasi ulardan farzandining dars qilayotganini videoga olib, ularga yuborishini so‘rayotganini aytib, buning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga qiziqdi.
Bu savolga bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov brifing vaqtida javob berdi.
“Hozirgi davrda ota-onalar farzandlarining videodarslarni tomosha qilishi va topshiriqlarni bajarishiga mas’ul ekanini eslatib o‘tamiz. Ota-onalar farzandlarining dars qilishini nazoratga olishi lozim.
Dars jarayonini videoga olib, o‘qituvchi yoki xalq ta’limi boshqarmasiga yuborishga ehtiyoj yo‘q!”, dedi Anvar Umarov.
Bundan avvaroq, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov televizion darslardagi xatoliklarni topib, ularni ijtimoiy tarmoqda muhokama mavzusiga aylantirganlarga murojaat bilan chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusga chalingan beor qayd etilishi ortidan bacha ta’lim muassasalariga ta’til berilgandi.
LiveBarchasi