O‘zbekistonda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 1000 dan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198 nafarga oshib, 54 660 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida, 29 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Jizzax viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida hamda 3 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 50 954 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing